Chempionlar munosib taqdirlandi
04.05.2026 08:32:59 28
Namangan davlat pedagogika institutida yuqori saviyada o‘tkazilgan “Gimnastrada – 2026” sport festivali yakunida eng yuqori natija qayd etgan jamoalar munosib rag‘batlantirildi.
Festivalda 1-o‘rinni egallab, mutlaq g‘olib bo‘lgan Pedagogika fakultetining “Sharq durdonasi” jamoasi diplom hamda 6 million 800 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
2-o‘rinni egallagan Pedagogika fakultetining “Bahor gullari” jamoasiga diplom hamda 5 million 700 ming so‘m pul mukofoti topshirildi.
3-o‘rinni egallagan Ijtimoiy fanlar fakultetining “Kelajak bunyodkorlari” jamoasi diplom hamda 4 million 600 ming so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
4-o‘rinni egallagan Aniq va tabiiy fanlar fakultetining “Yangi O‘zbekiston yoshlari” jamoasi diplom hamda 3 million 400 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
5-o‘rinni egallagan Ijtimoiy fanlar fakultetining “Namangan oltin qanotlari” jamoasi diplom hamda 2 million 300 ming so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ushbu natijalar jamoalarning puxta tayyorgarligi, ijodiy yondashuvi, sportga bo‘lgan ishtiyoqi va jamoaviy birdamligining munosib e’tirofi bo‘ldi.