English English English

Iqtidorli talabamizdan yuqori natijalar

  07.03.2026 09:51:44    545


Avval xabar berganimizdek “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur tanlovning Yangiqo'rg'on tuman bosqichi o‘tkazildi.


Iqtidorli talabamizdan yuqori natijalar


🔹Ushbu bosqichda eng yuqori ko‘rsatkich bilan quyidagi talabalarimiz g‘oliblikni qo‘lga kiritib 4 million 120 ming so‘m pul mukofotiga ham ega bo‘ldi.

✅ Xakimbekova Muslima Otabek qizi - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi 3-bosqich talabasi;
✅Usmanova Munisa Ma'rufjon qizi - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi 2-bosqich talabasi;

📆📍Eslatib o'tamiz, 4-mart kuni tanlovning Chortoq tuman bosqichi bo‘lib o‘tadi.

✅Ma'lumot uchun: Mazkur tanlovda Respublikaning barcha viloyatlaridagi Oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey, Kasb-hunar kollej va maktablarda tahsil olayotgan viloyatning tegishli tumanida doimiy yashaydigan 16 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishadi. Tanlov yakunida hakamlar hay'atining qarori bilan eng munosib 5 nafar ilmiy-innovatsion loyiha mualliflari g‘olib deb topilib navbatdagi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.