NamDPIda "Kimyogarlar" toʻgaragi tashkil etildi
10.06.2025 14:19:10 8
Namangan davlat pedagogika institutida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida Tabiiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan "Kimyogarlar" toʻgaragi tashkil etildi.

Toʻgarak doirasida amaliy mashgʻulot oʻtkazilib, mazkur mashg‘ulot davomida talabalar kimyoviy tajribalar o‘tkazish, laboratoriya asbob-uskunalari bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdi hamda nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – talabalarning ilmiy qiziqishlarini oshirish, ularni mustaqil izlanishga undash va kimyo fanining amaliy jihatlariga chuqurroq e’tibor qaratishdan iborat bo‘ldi.