2025-yil noyabr oyida Namangan davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasining Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston va Germaniya universitetlari birinchi forumi”da ishtirok etish maqsadida xorijiy xizmat safariga yuborildi.
28.02.2026 15:38:31 1
Mazkur xorijiy xizmat safari natijalariga ko‘ra:
-Forum doirasida Namangan davlat pedagogika instituti uchun ilmiy grant loyihalarini jalb etish, oliy ta’lim tizimi bo‘yicha akademik almashinuvni rivojlantirish hamda professor-o‘qituvchilarni Germaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga stajirovka va malaka oshirish kurslariga yuborish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi;
-Namangan davlat pedagogika instituti bilan Germaniyaning Zegen universiteti o‘rtasida pedagogik ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi;
-Professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.