Oliy taʼlim tashkilotlari Registrator ofisi xodimlarining malakasi oshirilmoqda
08.09.2025 08:53:04 40
Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi hamkorligida 2025-yil 8–13-sentabr kunlari “Oliy taʼlim tashkilotlarida Registrator ofisi faoliyatini tashkil etish” mavzusida malaka oshirish kurslarining birinchi bosqichi boshlandi.

Mazkur kurslarda respublikamizdagi 100 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlarining 300 nafarga yaqin Registrator ofisi xodimlari malaka oshirishi rejalashtirilgan.
Namangan davlat pedagogika instituti Registrator ofisi xodimlari — O.Topildiyev, B.Kamolov va I.Raxmonov ham ushbu kurslarda faol ishtirok etishmoqda.
Ushbu tashabbus oliy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish, jarayonlarning shaffofligini taʼminlash hamda taʼlim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.