Namanganda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda
22.07.2025 13:35:46 68
Ayni damda Namangan shahridagi "Doʻstlik" Akademik litseyida tashkil etilgan test markazida sinovlar aniq belgilangan tartib va qoidalarga muvofiq o‘tkazilmoqda.

Abituriyentlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan: xona harorati, texnik jihozlanish, xavfsizlik va qulayliklarga alohida e’tibor qaratilgan.
Test jarayonlarining shaffofligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida joylarda mas’ul tashkilotlar vakillari, nazoratchilar va kuzatuvchilar faoliyat yuritishmoqda.
Xususan, "Doʻstlik" Akademik litseyidagi test sinovlarini monitoring qilishda Namangan davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligidagi maxsus ishchi guruh hamda fakultet koordinatorlari faol ishtirok etmoqda.
Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va tajribali mutaxassislar ishtirokida tashkil etilgan guruh jarayonning barcha bosqichlarini diqqat bilan kuzatmoqda hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishda bevosita ko‘maklashmoqda.