English English English

Xotira, emotsiya va motivatsiya!

  19.11.2025 08:33:51    4


NamDPI Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan Psixologiya–AU–25 guruhi 1-kurs magistrantlari ishtirokida 22-noyabr — Psixologlar kuni munosabati bilan "Yaxshi kayfiyat"nomli chellenj o‘tkazildi.


Xotira, emotsiya va motivatsiya!


Tadbirda turli psixologik metodikalar taqdim etildi:
“Xotira mashqi” — eslab qolish va qayta tiklash ko‘nikmalarini rivojlantirdi.
“Savollarga javob bering” — tez fikrlash va mantiqiy xulosalashni faollashtirdi.
“Emotsiyani tasvirlang” — emotsional sezgirlik va hissiyotni to‘g‘ri ifodalashni mustahkamladi.
“Ehtiyojlar yo‘lagi” — shaxsiy ehtiyojni anglash va o‘z-o‘zini baholashga yordam berdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida pozitiv muhit yaratish, psixologik barqarorlikni mustahkamlash, jamoaviy ishlashdan iborat.

Tadbirda fakultet dekanlari hamda professor-oʻqituvchilar ishtirok etib, talabalarning mazkur tashabbusi ular tomonidan yuqori baholandi.


Xotira, emotsiya va motivatsiya! Xotira, emotsiya va motivatsiya! Xotira, emotsiya va motivatsiya! Xotira, emotsiya va motivatsiya!