English English English

Ta'lim bo'g'inlari integratsiyasi - kelajak o'qituvchisi uchun hamkorlikda ishlash

  29.11.2025 11:57:15    9


Namangan davlat pedagogika institutida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida institut va maktab vakillari tomonidan ilg‘or metodlar asosida ishlangan amaliy mashg‘ulotlar taqdim etildi.


Ta'lim bo'g'inlari integratsiyasi - kelajak o'qituvchisi uchun hamkorlikda ishlash


Mahorat darsida ishtirokchilarga ta’lim samaradorligini oshirishda muhim bo‘lgan innovatsion metodlar, interfaol o‘qitish usullari, ta’lim sifatini baholashning yangi mezonlari borasida amaliy tavsiyalar berildi. Dars jarayoni talaba va amaliyotchi o‘qituvchilar uchun real pedagogik muhitni kuzatish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish imkonini yaratdi.

Tadbirning ilmiy-metodik ahamiyati shundaki, u ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni chuqur o‘rganish, yo‘lga qo‘yilgan samarali tajribalarni ommalashtirish hamda bo‘lajak pedagoglarda zamonaviy darsni tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Mahorat darsi yakunlarida institut rahbariyati tomonidan ishtirok etgan o‘qituvchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi, talabalar esa o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.


Ta'lim bo'g'inlari integratsiyasi - kelajak o'qituvchisi uchun hamkorlikda ishlash Ta'lim bo'g'inlari integratsiyasi - kelajak o'qituvchisi uchun hamkorlikda ishlash Ta'lim bo'g'inlari integratsiyasi - kelajak o'qituvchisi uchun hamkorlikda ishlash Ta'lim bo'g'inlari integratsiyasi - kelajak o'qituvchisi uchun hamkorlikda ishlash Ta'lim bo'g'inlari integratsiyasi - kelajak o'qituvchisi uchun hamkorlikda ishlash Ta'lim bo'g'inlari integratsiyasi - kelajak o'qituvchisi uchun hamkorlikda ishlash