English English English

Gender tengligi – adolat va taraqqiyot mezoni

  11.05.2026 15:30:01    18


Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 


Gender tengligi – adolat va taraqqiyot mezoni


Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qator qaror va dasturlar qabul qilinmoqda. Xususan, xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning ta’lim olish, bandlik va tadbirkorlik sohalaridagi faolligini oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslar mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ushbu qarorlar ayollarning jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada kengaytirish, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda. Ta’lim jarayonida teng imkoniyatlarning mavjudligi yoshlarning o‘z salohiyatini erkin namoyon etishiga, ilm-fan va turli sohalarda faol ishtirok etishiga zamin yaratmoqda. Talaba sifatida shuni alohida ta’kidlash joizki, gender tengligi jamiyatda adolat va o‘zaro hurmat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Chunki ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilgan jamiyatda taraqqiyot ham barqaror bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, gender tengligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar yoshlarning kelajagi uchun muhim poydevor yaratadi. Bunday imkoniyatlar esa biz yoshlarni yanada ko‘proq bilim olishga, o‘z ustimizda ishlashga va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undaydi.