Unifight Jahon Chempionati — 2025 musobaqasi bo'lib o'tdi
02.10.2025 08:21:52 11
Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida Universal jang turi bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Unifight Jahon chempionati – 2025 musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur yirik chempionatda 17 ta davlat vakillari ishtirok etib, o‘zaro mahorat va kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar.
“Universal jang” bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarimiz tantanali ravishda taqdirlandilar!
"Pahlavon" sport klubi sportchisi
Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo'nalishi JSM -Du -24 guruh talabasi Xalilov Ayubxon Abdumutal o‘g‘li faxrli🥉-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ularning yutuqlari nafaqat o‘zlari, balki butun Namangan sporti va yoshlarimiz uchun katta faxr va g‘ururdir.
Xalilov Ayubxonni institut jamoasi nomidan tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz!