English English English

NamDPIda "Milliy she'riyat kechasi" tanlovi gʻoliblari bilan tanishing

  26.04.2025 09:44:36    10


Xabaringiz bor (https://t.me/namspii/31452?single), Namangan davlat pedagogika institutida “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” shiori ostida milliy anʼanalar, urf-odatlar va  qadriyatlarni yorituvchi "Milliy sheʼriyat kechasi” bo’lib o’tgan edi.


NamDPIda "Milliy she'riyat kechasi" tanlovi gʻoliblari bilan tanishing


Tanlovda barcha fakultetdan nasr va nazm yo’nalishida ijod qiladigan  talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar tanlov g‘olibi deb topildi:

Mualliflik she’rlari uchun:
1-o‘rin: Shehruz Shodmonov Sherzod o’g’li – 1-bosqich Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabasi;

2-o‘rin: Nurmuhammedova Diyora Dilmurod qizi– 2- bosqich O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi;

3-o’rin: Ortiqova Go‘zalxon Azamjon qizi - 2-bosqich Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabasi;

Ifodali o’qish bo’yicha:
1-o‘rin: – Abdullayeva Hilola Habibullo qizi  -1-bosqich O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi;

2-o‘rin: Boltaboyeva Sayida Husniddin qizi  – 1-bosqich Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili)

3-o’rin: Sobirova Ibodat Toʻlanboy qizi -1-bosqich Geografiya yo’nalishi