English English English

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rahbariyati Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi

  08.10.2025 09:21:09    19


Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori v.b. Zafar Yashinovich Raxmanov Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.


Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rahbariyati  Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi


Tashrif davomida mehmonni institut rektori B.E.Xusanov samimiy kutib oldi. Uchrashuv jarayonida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, transformatsiya jarayonida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi. Unda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda yosh mutaxassislar salohiyatini oshirish yo‘nalishlari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

O‘quv dasturlarini TOP-300 talikka kirgan OTMlarning dasturlariga moslashtirish hamda Ingliz tilini o'rganish bo'yicha o'quv kurslarini tashkil etilganligi va xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi borasida professor-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonida innovatsion metodik yondashuvlar, ta’limda raqamli vositalardan foydalanish, yosh olimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb mavzular atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, mehmonlar institutning “Iftixorlar maskani” ekspozitsiyasi bilan tanishdilar. Bu yerda institut tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar, faxrli ustoz va bitiruvchilarning yutuqlari, xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif doirasida Axborot-resurs markazi faoliyati ham o‘rganildi. Zafar Yashinovich markazdagi zamonaviy sharoitlar, elektron kutubxona tizimi hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi. Suhbat chog‘ida adabiyotlar fondi, yangi nashrlar va o‘quv jarayoniga tatbiq etilayotgan manbalar haqida fikr almashildi.

Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, ta’lim va ilmiy sohada yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida kelishib oldilar.


Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rahbariyati  Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rahbariyati  Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rahbariyati  Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rahbariyati  Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rahbariyati  Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rahbariyati  Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rahbariyati  Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rahbariyati  Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rahbariyati  Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rahbariyati  Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi