English English English

15-aprel – Xalqaro ekologik bilimlar kuni

  14.04.2026 08:55:41    40


Bugun insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri — bu ekologik barqarorlikni ta’minlashdir. Iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining qisqarishi, bioxilma-xillikning kamayishi kabi jarayonlar tobora kuchayib, sayyoramiz kelajagiga jiddiy xavf solmoqda. Bunday murakkab vaziyatda eng samarali yechimlardan biri — ekologik bilim va ekologik madaniyatni rivojlantirishdir.


15-aprel – Xalqaro ekologik bilimlar kuni


Shu bois har yili 15-aprel kuni butun dunyoda Xalqaro ekologik bilimlar kuni keng nishonlanadi. Ushbu sana 1992-yilda Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tgan BMT konferensiyasi doirasida ilgari surilgan bo‘lib, uning bosh maqsadi — jamiyatda ekologik ongni shakllantirish, tabiatga ongli va mas’uliyatli munosabatni qaror toptirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashdan iborat.

🌱 Ekologik bilim — barqaror kelajak poydevori bo'lib, u:

✔️ Tabiiy resurslardan oqilona va tejamkor foydalanishga undaydi
✔️ Atrof-muhitni muhofaza qilish mas’uliyatini kuchaytiradi
✔️ Sog‘lom va xavfsiz yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi
✔️ Ekologik muammolarni ilmiy asosda hal etishga yordam beradi

Bugungi kunda yurtimizda ekologik ta’lim va tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yosh avlodda tabiatga mehr, e’tibor va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish — ertangi kunimizning eng muhim kafolatidir.

🌿 Unutmang: tabiatni asrash — har birimizning muqaddas burchimizdir!