Bizdan faqat mehr-muhabbat, yaxshilik qoladi...
26.03.2025 13:27:50 46
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti o'qituvchisi hamda tyutorlari boshchiligida Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi talabalari Namangan shahrida joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar uyiga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan maqsad mehrga muhtoj, imkoniyati cheklangan bolalar holidan xabar olish, talabalar ongida shukronalik tuyg'ularini shakllantirish.
Tashrif so'nggida talabalar bolajonlarga esdalik sovg'alarini topshirishdi.