“NAMANGAN YETAKCHILARI” FORUMI OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
28.02.2026 10:37:37 8
Ayni vaqtda Namangan davlat pedagogika institutida viloyat miqyosida tashkil etilgan “Namangan yetakchilari” forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Namangan davlat pedagogika instituti rektori B. Xusanov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi raisi B. Umarov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining
Namangan viloyati kengashi raisining yoshlar
masalalari bo‘yicha maslahatchisi A. To‘xtanazarov, Viloyat Kengashining boshlang‘ich tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i M. Axralova ishtirok etdilar.
Mehmonlar tomonidan forum ishtirokchilariga yoshlar yetakchiligi, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoatchilik faoliyatida faollikni oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi, shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.