English English English

“KELAJAK SOATI” RUKNI OSTIDA “MA’RIFAT DARSI” O’TKAZILDI

  27.03.2026 10:07:18    13


Namangan davlat pedagogika institutining birinchi prorektori A. Isoqboyev tomonidan “Kelajak soati” rukni doirasida “Yil boshi — Navro‘z” mavzusida “Ma’rifat darsi” mashg‘uloti o‘tkazildi.


“KELAJAK SOATI” RUKNI OSTIDA “MA’RIFAT DARSI” O’TKAZILDI


Mashg‘ulot Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida tashkil etilib, unda Navro‘z bayramining tarixiy ildizlari, milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni hamda ushbu qadimiy bayramning jamiyat hayotidagi ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Dars davomida Navro‘zning xalqimiz turmush tarzidagi o‘rni, uning ezgulik, yangilanish va birlik ramzi ekani, shuningdek yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdagi ahamiyati keng yoritildi. Talabalarga Navro‘zning boy an’analari, urf-odatlari hamda uning tarbiyaviy mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mashg‘ulot jarayonida ochiq muloqot, fikr almashuv va savol-javoblar orqali talabalarning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga e’tibor qaratildi.


“KELAJAK SOATI” RUKNI OSTIDA “MA’RIFAT DARSI” O’TKAZILDI “KELAJAK SOATI” RUKNI OSTIDA “MA’RIFAT DARSI” O’TKAZILDI “KELAJAK SOATI” RUKNI OSTIDA “MA’RIFAT DARSI” O’TKAZILDI “KELAJAK SOATI” RUKNI OSTIDA “MA’RIFAT DARSI” O’TKAZILDI “KELAJAK SOATI” RUKNI OSTIDA “MA’RIFAT DARSI” O’TKAZILDI “KELAJAK SOATI” RUKNI OSTIDA “MA’RIFAT DARSI” O’TKAZILDI