Elektromagnit toʻlqinlarning modda bilan oʻzaro taʼsir
20.03.2026 07:56:57 6
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi oʻqituvchisi Saydaliyev Abdulbori Kimyo yoʻnalishi KIM-AU-25, KIM-BU-25 guruhlarida Umumiy fizika fanidan "Elektromagnit toʻlqinlarning modda bilan oʻzaro taʼsir" mavzusi boʻyicha ochiq dars mashgʻulotini tashkil qildi.
Mazkur ochiq dars davomida talabalar elektromagnit toʻlqinlarning xossalari, ularning turli muhitlarda tarqalishi hamda modda bilan oʻzaro taʼsiri jarayonlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur oʻrganishdi. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va innovatsion yondashuvlar qoʻllanilib, talabalar faol ishtirok etishga undaldi.
Mashgʻulot davomida kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyatlar yechimi, savol-javoblar hamda taqdimotlar orqali mavzu yanada qiziqarli va tushunarli tarzda yoritildi. Talabalar oʻz fikrlarini erkin bayon qilish, tahlil qilish va xulosa chiqarish koʻnikmalarini namoyon etdilar.