Xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir muhim tashrif
24.06.2025 09:57:59 16
Namangan davlat pedagogika instituti delegatsiyasining navbatdagi tashrifi Xitoy Xalq Respublikasidagi nufuzli davlat maktablaridan biriga amalga oshirildi.

1930-yilda tashkil etilgan ushbu ta’lim muassasasi bugungi kunda 5600 nafar 7–9-sinf o‘quvchilarga zamonaviy bilim va tarbiya berib kelmoqda. Maktab o‘zining ko‘p yillik anʼanalari, ilg‘or uslublari va boy infratuzilmasi bilan ajralib turadi.
Tashrif davomida quyidagi ta’lim maydonlari bilan tanishildi:
Science laboratoriyasi – zamonaviy texnologiyalar asosida biologiya, kimyo va fizika fanlari chuqur o‘rgatiladigan tajriba xonasi.
Tarixiy muzey – Xitoy tarixining muhim bosqichlari, madaniy merosi va tarixiy shaxslarini zamonaviy dizayn va texnologik vositalar orqali yoritib bergan.
Xattotlik ustaxonasi – qadimiy yozuv sanʼati anʼanalari saqlanib qolgan, o‘quvchilar xitoy xattotligi asoslarini amaliy tarzda o‘rganmoqda.
Kutubxona va o‘quv zali – o‘quvchilar uchun keng va qulay muhit, boy adabiyot fondi, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan o‘quv markazi.
Ushbu tashrif doirasida maktab rahbariyati bilan o‘zaro tajriba almashish, taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan fikr almashuvi, hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
O‘zbekiston va Xitoy taʼlim sohasidagi do‘stona aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu esa ikki xalqning kelajagi bo‘lgan yoshlar ta’limi va tarbiyasi yo‘lida muhim qadamlardan biridir.