"Barkamol avlod" sport majmuasida qator sport oʻyinlari oʻtkazildi.
04.08.2025 11:06:52 23
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida "Barkamol avlod" sport majmuasida qator sport oʻyinlari oʻtkazildi.

Tashrifda fakultet tyutorlari boshlangʻich sinf o‘quvchilari bilan jonli treninglar, sport mashg‘ulotlari va faollikka chorlovchi o‘yinlar o‘tkazdi.
"Kim chaqqon?”, “Kim epchil?” kabi musobaqalar bolajonlarning kayfiyatini ko‘tardi, do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratdi.
Maqsad oddiy — bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli, harakatli va quvonchli o‘tkazish!
Yosh avlodga e’tibor — bu ertangi kun uchun sarmoya!