Ilmiy tadqiqot faoliyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar-trening mashgʻulotlari bo'lib o'tdi.
31.05.2025 08:58:51 9
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari uchun ilmiy tadqiqot faoliyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar-trening mashgʻulotlari bo'lib o'tdi.

Treningda Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi R.Tursunov, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Kompleans nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshlig'i A.Tojimatov dekan o'rinbosari S.Dadaboyev, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Seminar davomida talabalar uchun ilmiy maqola va tezis yozish tartib-qoidalari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalari nizomi, "Yil talabasi", "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovlarida ishtirok etish shartlari bo'yicha atroflicha ma'lumotlar berildi.
A.Tojimatov tomonidan korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik, turli ta'magirlik alomatlarini sezganda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limiga murojaat qilish bo'yicha tavsiyalar berib o'tildi.