CHEGARASIZ SPORT – xalqaro talabalar festivali boshlandi!
11.11.2025 00:22:55 11
Namangan davlat pedagogika institutida Qozog‘iston Respublikasining E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti delegatsiyasi tantanali tarzda iliq kutib olindi.
Mehmonlarni institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar katta samimiyat va do‘stona ruhda qarshi oldilar.
Ushbu uchrashuv do‘stlik, hamkorlik va sport orqali xalqlar o‘rtasidagi yaqinlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.