Namangan davlat pedagogika institutda "Nomingiz dillarda mangu yashaydi" mavzusida jasorat tarixi darsi o'tildi
01.05.2025 08:43:11 29
9-may–"Xotira va qadrlash kuni"ga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora tadbirlari doirasida Namangan davlat pedagogika institutida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat tarixi darsi tashkil etildi.

Mazkur darsda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev maruza qildi. Dars davomida "G'alaba bog'i" yodgorliklari majmuasi, "Shon-sharaf", "Qurolli kuchlar davlat muzeylari" hamda joylardagi muzey va xotira maydonlari qolaversa, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, aholini tinch va osoyishta hayotini ta'minlashda qahramonlik ko'rsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo'lgan xizmatchilar haqida so'z olib borildi. Bu esa ishtirokchilarda iftixor tuyg'ularini jonlantirdi va bugungi osoyishta kunlar uchun shukronalik hissini oshishiga sabab bo'ldi.