Atrof-muhitni asrashning zamonaviy ta’limiy talqini, mintaqaviy xususiyatlari, muammo va amaliy yechimlari
17.10.2025 11:05:30 18
Namangan davlat pedagogika institutida “Atrof-muhitni asrashning zamonaviy ta’limiy talqini, mintaqaviy xususiyatlari, muammo va amaliy yechimlari” Respublika ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi
Mazkur ilmiy anjuman ekologik ta’limni rivojlantirish, ekologik muammolarga ta’limiy va innovatsion yondashuvlarni shakllantirish, shuningdek, mintaqaviy ekologik xususiyatlarni o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan.
Anjuman Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, hamda Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirni institut rektori, falsafa fanlari doktori, dotsent Bahodir Xusanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida ekologik tafakkurni shakllantirishda ta’lim tizimining o‘rni va mas’uliyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Xayrullo Gapparov ishtirokchilarga tabrik so‘zini yo‘llab, ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlarni tabiatga mehr ruhida tarbiyalash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
Anjuman ilmiy ma’ruzalar va muhokamalar bilan davom etdi