Bitiruvchilar bandligini ta’minlash — muhim masala
17.03.2026 22:13:50 5
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti Markaziy bank Namangan viloyati boshqarmasi, “O‘zmilliybank” AJ Namangan viloyat bosh boshqarmasi hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar treningda Namangan davlat pedagogika instituti rahbariyati, Markaziy bank Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i Sulaymonov Bekzod Anvarovich, “O‘zmilliybank” AJ Namangan viloyat bosh boshqarmasi boshlig'i Mirzayev Axadjon Raximjonovich hamda institutning bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi. Seminar davomida yoshlarning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga kredit va moliyaviy imkoniyatlar yaratish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Markaziy bank Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sulaymonov Bekzod Anvarovich tomonidan institutda tahsil olayotgan faol va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida Markaziy bank stipendiyasi joriy etilishi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, institutning eng faol talabalari har oy davomida ushbu stipendiya bilan taqdirlanishi e’lon qilindi.
Tadbir davomida “O‘zmilliybank” AJ mutaxassislari tomonidan yoshlar uchun mo‘ljallangan kredit dasturlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda biznesni boshlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Seminar-trening yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.