Futbol texnikasiga oid amaliy mashg‘ulot – “Dolzarb 90 kun” dasturida samarali yondashu
06.08.2025 08:27:32 7
Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida mini futbol sport turidan navbatdagi to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur sport mashg‘ulotida 20 dan ortiq talaba ishtirok etib, ular mashgʻulot davomida “To‘pni qabul qilish va uzatish” mavzusiga oid nazariy bilimlarini amaliy jihadan mustahkamlashdi. Shuningdek, ustozlar tomonidan futbolchining to‘pni boshqarish usullari, texnik elementlari, oyoq pozitsiyasi hamda harakat koordinatsiyasi bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Guruhli, juftlikda va yakka tartibdagi texnik mashqlar orqali talabalar o‘z mahoratlarini oshirishdi.