PhD dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
04.09.2025 21:07:42 12
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi Mahmudova Zulfiya Homidovnaning 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha "Talabalarni kredit-modul tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish" mavzusidagi pedаgogikа fаnlаri bo‘yichа fаlsаfа doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.09.2024.Ped. 184.01 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash yig‘ilishida 100 foiz ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

Ilmiy rahbar: Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Institut jamoasi nomidan Zulfiya Homidovnani ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!