Namangan davlat pedagogika institutida “Butunjahon yovvoyi tabiat kuni”ga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazildi
07.05.2025 16:20:36 3
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Biologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabalari tomonidan 3-mart — Butunjahon yovvoyi tabiat kuni munosabati bilan aksiya tashkil etildi.

Aksiyada talabalar muhofazaga muhtoj o‘simlik va hayvon turlarining rasmlari, Qizil Kitob namunalarini hamda tabiatni asrashga chaqiruvchi namoyishlarni taqdim etdi.
Tadbir davomida institutning boshqa ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Bu o‘simlikni yoki hayvonni taniysizmi?” nomli interaktiv aksiya ham o‘tkazildi. Faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davlat madhiyasining kuylanishi bilan ko‘tarinki ruhda yakunlandi.