English English English

NamDPIga "Ochiq eshiklar kuni" davom etmoqda

  02.05.2025 09:10:44    45


Namangan davlat pedagogika institutiga “Yangi O‘zbekiston pedagogi: imkoniyat, xalqaro tajriba” shiori ostida yoshlarni va maktab bitiruvchilarini pedagog kasbiga yo‘naltirishga qaratilgan ilmiy, ma’rifiy va madaniy loyiha – "Ochiq eshiklar" kuni doirasida Mingbuloq tumani hamda Namangan shahari umumta’lim maktablarining 450 nafarga yaqin bitiruvchi o‘quvchilari institutga tashrif buyurdi.


NamDPIga "Ochiq eshiklar kuni" davom etmoqda


Tashrif buyurgan o‘quvchi-yoshlarga institut tarixi, hozirgi faoliyati, mavjud ta’lim dasturlari va innovatsion loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, bitiruvchilar uchun markaziy binoda ekskursiyalar tashkil etildi. Institutning moddiy-texnik bazasi, laboratoriyalar, kutubxonalar va boshqa infratuzilmalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida o‘quvchi-yoshlarni fikr-mulohazalari tinglandi. Bu kabi ochiq muloqot maydonchalari yoshlar uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.


NamDPIga "Ochiq eshiklar kuni" davom etmoqda NamDPIga "Ochiq eshiklar kuni" davom etmoqda NamDPIga "Ochiq eshiklar kuni" davom etmoqda NamDPIga "Ochiq eshiklar kuni" davom etmoqda NamDPIga "Ochiq eshiklar kuni" davom etmoqda NamDPIga "Ochiq eshiklar kuni" davom etmoqda