English English English

Namangan davlat pedagogika instituti va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik amalda

  04.05.2026 12:57:29    27


Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasida faoliyat yuritayotgan dotsent N.Ismailova rahbarligidagi  “Ijodkor qizlar” to‘garagi a’zolari tomonidan joriy yilning 4-may kuni  navbatdagi ijodiy va amaliy tadbir muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Mazkur tadbir institut hamda Uychi tuman 12- umumta’lim maktabi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik va xo‘jalik shartnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Iqtidorli talabalari maktab o‘quvchilari uchun jahon adabiyotining durdona asarlaridan biri bo‘lgan “Oppog‘oy va yetti gnom” ertagi asosida tayyorlangan qo‘g‘irchoq teatri spektaklini namoyish etdilar.


Namangan davlat pedagogika instituti va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik amalda


Ushbu namoyish shunchaki ko‘ngilochar tadbir bo‘lib qolmay, balki oliy ta’lim va maktab ta’limi tizimi o‘rtasidagi integratsiyaning yorqin namunasi bo‘ldi. Xo‘jalik shartnomasi asosida ko‘rsatilgan ushbu xizmat kafedraning budjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirishga xizmat qilish bilan birga, talaba-qizlarning kasbiy mahoratini real pedagogik muhitda sinab ko‘rish imkonini berdi. Spektakl davomida qo‘llanilgan rang-barang qo‘g‘irchoqlar va dekoratsiyalar to‘garak a’zolarining o‘z qo‘llari bilan tayyorlangani maktab jamoasida alohida qiziqish uyg‘otdi. Bu kabi tizimli ishlar talabalarni tadbirkorlik va ijodiy faoliyatga yo‘naltirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi


Namangan davlat pedagogika instituti va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik amalda Namangan davlat pedagogika instituti va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik amalda Namangan davlat pedagogika instituti va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik amalda Namangan davlat pedagogika instituti va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik amalda