Institutimizda QS reytingi bo‘yicha 58 - o‘rinda turuvchi Malayziyaning davlatining Malaya universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
09.01.2026 09:57:05 16
Namangan davlat pedagogika institutining xalqaro aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari izchil ravishda kengaytirib kelinmoqda.
Institutimizda QS reytingi bo‘yicha 58 - o‘rinda turuvchi Malayziyaning davlatining Malaya universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
— institut talabalarini mazkur universitetga talabalar almashinuvi dasturi doirasida yuborish hamda ularni yozgi maktablarda ishtirok etishini tashkil etish;
— institut professor-o‘qituvchilari hamda soha mutaxassislarining malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;
— institutga Malaya universitetining sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassislarini jalb qilish hamda boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.”
.