“Kelajak muhandislari” respublika tanlovi yana start oladi!
28.02.2026 10:26:31 18
O‘tgan yili tashabbuskor yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otgan, ko‘plab iqtidorli yigit-qizlarga kuchli motivatsiya bergan “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi haqida eshitganmisiz? (https://t.me/Kelajak_muhandislari_official)
Bu yil Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tanlov yanada kengroq miqyosda o‘tkaziladi. Eng quvonarlisi – har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil bilan taqdirlanadi!
🧠Tanlov yo‘nalishlari:
✅ Eng yaxshi g‘oya
✅ Eng yaxshi loyiha
✅ Eng yaxshi ixtiro
👥 Kimlar qatnasha oladi?
✔️professor-o‘qituvchilar
✔️ talabalar
✔️ amaliy muhandislar
❗️Har bir ishtirokchi faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha qatnashishi mumkin.
❗️ Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar qatnasha oladi.
🗓 Arizalar 2026-yil 1–20-mart kunlari qabul qilinadi.
Agar sizda yangi texnologiya, qurilma yoki ishlab chiqarishga joriy etish mumkin bo‘lgan qiziqarli muhandislik g‘oyasi bo‘lsa — ayni fursat! O‘z ustingizda ishlagan loyihangizni ko‘rsating, imkoniyatdan foydalaning.
👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: muhandis.edu.uz (https://muhandis.edu.uz/)
Balki navbatdagi elektromobil egasi aynan siz bo‘larsiz!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998502106338
Batafsil... (https://t.me/Kelajak_muhandislari_official)