English English English

Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

  06.10.2025 19:55:39    3


Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova forumdagi ishtiroki uchun mehmon davlatlar vakillariga katta minnatdorlik bildirdi hamda O‘zbekistondagi asosiy ta’lim islohotlari, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikdagi mustahkam aloqalarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Namangan davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Abdunazarov ham forumda ishtirok etdi.


Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.


Forumda so‘z olgan Markaziy Osiyo davlatlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston) ta’lim sohasi vakillari tadbirda ko‘zda tutilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

➖ Yalpi majlisda hamkor vazirlik va tashkilotlar rahbarlari forumning ahamiyati hamda xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hurmatni mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr bildirar ekan, O‘zbekistonda ta’lim transformatsiyasi va unda xalqaro aloqalarning o‘rnini yuqori baholadi.

👉 Ma’lumot uchun: forumda BMTning O‘zbekistondagi doimiy rezident-koordinatori Sabina Maxl, Jahon bankining Markaziy Osiyodagi inson taraqqiyoti bo‘yicha dastur menejeri Tazin Fasih, Osiyo Taraqqiyot Banki Mintaqaviy ofis direktori Kanokpan Lao-Araya, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Maykl Xolgeyt, “Cambridge University Press & Assessment” Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika bo‘yicha loyiha koordinatori Stiv King, Marshall Cavendish Education tashkilotining bosh direktori o‘rinbosari Hayri Abdulla Sallehuddin hamda qator xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

✍️ Bugun kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar sho‘balarga bo‘lingan holda o‘quv seminar tadbirlarida qatnashadi. Jarayonlar Nukus shahridagi Prezident maktabida tashkil etiladi.

❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!


Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.