Namangan davlat pedagogika instituti rektorining Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
05.03.2026 10:52:39 3
“Yoshlar kuni” munosabati bilan institut rektori tomonidan Jismoniy madaniyat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur muloqot talaba-yoshlarning fikr va tashabbuslarini bevosita tinglash, ularning ta’lim jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar yuzasidan mulohazalarini o‘rganish maqsadida o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘quv mashg‘ulotlari sifati, amaliyot jarayonlari, sport infratuzilmasi, moddiy-texnik ta’minot hamda kelgusida ish bilan ta’minlanish masalalari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini erkin bildirdilar. Muloqot ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, talabalarning barcha savollariga batafsil javoblar berildi.
Bildirilgan qator taklif va muammolar joyida ijobiy hal etildi, ayrim masalalar esa o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqish uchun mas’ul rahbar va mutaxassislarga yo‘naltirildi.
Uchrashuv yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, sport yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish hamda ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.