Talabalar amaliyotga kuzatildi
08.05.2025 10:55:05 21
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining amaliyot oldi konferensiyasi tashkil etildi.

Konferensiyada talabalarga amaliyot o‘tash tartibi, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan mustahkamlashga oid zarur tavsiyalar, amaliyot obyektidagi o‘quv-metodik jarayonlarni puxta o‘rganish masalalari, ta’lim va sport faoliyatiga oid muammolarni bartaraf etishga oid takliflar tayyorlash hamda amaliyot davridagi umumiy xavfsizlik qoidalari atroflicha tushuntirildi.
Ma’lumot o‘rnida, talabalar uchun Namangan viloyati sport boshqarmasi tasarrufidagi sport muassasalari, markaz va klublari amaliyot obyekti etib belgilangan.
Shuningdek, talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning mazmun mohiyati atroflicha tushuntirildi.