NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA 11-SONLI KENGAYTIRILGAN KENGASH YIGʻILISHI BO'LIB O'TDI
02.07.2025 14:38:02 28
Navbatdagi Kengash yigʻilishi avvalida institut rektori B.Xusanov bir guruh professor-oʻqituvchilarning ilmiy daraja va unvonga erishgani munosabati bilan tabriklab, keyingi ish faoliyatlarida zafarlar tiladi.

Kengash yigʻilishi doirasida kun tartibidagi quyidagi masalalar koʻrib chiqilib, kengash a'zolari bilan tahlil qilindi.
Professor-o‘qituvchilarning 2024/2025-o‘quv yilidagi ilmiy tadqiqot, pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyatlari bo‘yicha hisobotlar yakunlari to‘g‘risida tanqidiy tahliliy ma’lumot;
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida 2024/2025-o‘quv yili yakuniga ko‘ra faol, tashabbuskor, yuksak natijalarni qo‘lga kiritgan hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj talabalarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida;
Namangan davlat pedagogika instituti akademik litseyining 2024/2025-o‘quv yili davomida faoliyati to‘g‘risida;
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash to‘g‘risida.
Shuningdek, turli masalalar boʻyicha Kengash a'zolarining fikrlari tinglandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengash yig‘ilishining qarori qabul qildi.