English English English

INNOVATSION LOYIHA "NURLI MASKAN"DA SINOVDAN O'TKAZILDI

  14.05.2025 09:43:24    5


Namangan davlat pedagogika instituti Musiqa ta'limi va san'at mutaxassisligi ikkinchi bosqich magistranti Azizbek O'rmonjonovning magistrlik dissertatsiyasi ishi doirasida yaratilgan "Brayl nova" nomli imkoniyati cheklanganlar (ko'zi ojiz va ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar) uchun innovatsion loyihasi Ijtimoiy himoya milliy agantligi tasarrufidagi Kosonsoy tumanida joylashgan 45-sonli "Nurli maskan" imkoniyati cheklangan bolalar internatida sinovdan o'tkazildi.


INNOVATSION LOYIHA "NURLI MASKAN"DA SINOVDAN O'TKAZILDI


Sinov jarayonlarida, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i R.Tursunov, Kosonsoy tumani "Inson" ijtimoiy himoya markazi mutaxasisi J.Abdullayev va internat mas'ullari ishtirok etishdi hamda ta'lim maskanida tahsil olayotgan boshlang'ich sinf o'quvchilari loyihani amaliyotda qo'llab, uning afzalliklari va qulayligini ta'kidlashdi hamda loyihaga kiritilishi lozim bo'lgan qo'shimcha funksiyalar borasida o'z takliflarini bildirib o'tishdi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda birgina Kosonsoy tumanida joylashgan "Nurli maskan" maktab-internatida 247 nafar o'quvchilar tahsil olayotgan bo'lsa, ulardan 104 nafari ko'zi ojiz va 140 nafardan ortig'i ko'rishda nuqsoni bor bolalar hisoblanadi.

Shuningdek, sinov jarayonlari davomida maktab-internatidagi kutubxona va kitoblar fondi, adabiyotlar shakllantirilishi jarayonlari, bolalarning brayl alifbosini o'rganish jarayonidagi o'ziga qiyinchiliklari, brayl printerning ishlash mexanizmlari bilan yaqindan tanishildi va tegishli vazifalar belgilab olindi.


INNOVATSION LOYIHA "NURLI MASKAN"DA SINOVDAN O'TKAZILDI INNOVATSION LOYIHA "NURLI MASKAN"DA SINOVDAN O'TKAZILDI INNOVATSION LOYIHA "NURLI MASKAN"DA SINOVDAN O'TKAZILDI INNOVATSION LOYIHA "NURLI MASKAN"DA SINOVDAN O'TKAZILDI INNOVATSION LOYIHA "NURLI MASKAN"DA SINOVDAN O'TKAZILDI INNOVATSION LOYIHA "NURLI MASKAN"DA SINOVDAN O'TKAZILDI INNOVATSION LOYIHA "NURLI MASKAN"DA SINOVDAN O'TKAZILDI INNOVATSION LOYIHA "NURLI MASKAN"DA SINOVDAN O'TKAZILDI INNOVATSION LOYIHA "NURLI MASKAN"DA SINOVDAN O'TKAZILDI INNOVATSION LOYIHA "NURLI MASKAN"DA SINOVDAN O'TKAZILDI