“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
12.09.2025 08:31:49 4
Namangan davlat pedagogika instituti birinchi prorektori A. Isoqboyev hamda soha mutaxassislari "Talabalar xavfsizlik kuni" doirasida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda joriy yildagi faoliyat natijalari, avvalgi yillardagi tajribalar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi. Talabalar esa huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlashda guruh faoliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.
Shuningdek, “Qalqon” jamoatchilik guruhining faol a’zolari institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.