English English English

Hayot yo'li — ibrat maktabi

  14.05.2026 11:28:33    15


Maqolada 9-may xotira va qadrlash kuni arafasida qancha vaqt o'tsa ham nomlari unitilmaydigan aksincha qadriyatlari ortib boraveradigan ustozimiz Qurbonova Gavhar Xoshimovna borasida so'z yuritiladi.


Hayot yo'li — ibrat maktabi


Hayot yoʼlida shunday insonlar boʼladiki, ularning nomi vaqt oʼtishi bilan unutilib ketmaydi, aksincha, yillar oʼtgan sayin qadri yanada ortib boradi. Аna shunday insonlardan biri — Qurbonova Gavhar Xoshimovna boʼlib, ularning hayot yoʼli, mehnati va insonparvarlik fazilatlari bugun ham koʼplab shogirdlar va hamkasblar uchun ibrat maktabi boʼlib xizmat qilmoqda.

Gavhar opa rahbar sifatida talabchan, biroq mehribon inson edilar. Ular har bir xodim va shogird taqdiriga befarq qaramas, ularning yutugʼi va kamoloti uchun astoydil harakat qilar edilar. Bu jihat ularni nafaqat rahbar, balki haqiqiy ustoz darajasiga koʼtardi.

Ularning tashabbusi bilan Namangan davlat universitetida “Kutubxona-axborot faoliyati” yoʼnalishi yoʼlga qoʼyildi. Bu esa yuzlab yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, sohada yetuk mutaxassislar tayyorlanishiga zamin yaratdi.

Bugun Qurbonova Gavhar Xoshimovnaning nomi, amalga oshirgan ishlari va insoniy fazilatlari yodlarda yashab kelmoqda. Chunki haqiqiy ustozlar umri bilan emas, balki qoldirgan izlari bilan abadiy yashaydi.