English English English

“Gul va Bulbul” spektakli

  03.10.2025 11:09:14    10


Namangan viloyat qo‘g‘irchoq teatrida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Gul va Bulbul” nomli spektakl namoyish etildi.


“Gul va Bulbul” spektakli


Tadbirning maqsadi yoshlarning madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, estetik didini rivojlantirish hamda bo‘lajak tarbiyachi pedagoglarni teatr san’ati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Milliy ertak asosida sahnalashtirilgan spektaklda gul va bulbulning do‘stligi, mehr-muhabbat va tabiat go‘zalligi kabi qadriyatlar qo‘g‘irchoqlar vositasida yorqin ifoda etildi. Tomosha talabalar tomonidan katta qiziqish va iliq taassurot bilan qarshi olindi.

Spektakl davomida talabalar nafaqat ko‘ngilochar tomosha kuzatdilar, balki ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni chuqurroq anglab, pedagogik faoliyatida qo‘llashi mumkin bo‘lgan yangi tajribalar orttirdilar.


“Gul va Bulbul” spektakli “Gul va Bulbul” spektakli “Gul va Bulbul” spektakli “Gul va Bulbul” spektakli