Talabalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening boʻlib oʻtdi
22.07.2025 10:24:21 16
Namangan davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talaba-yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda Axborot-resurs markazi rahbari O. Nasriddinov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i M. Nabijonov ishtirok etib, kitob mutolaasining inson tafakkurini shakllantirishdagi oʻrni, yoshlar oʻrtasida badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishni kuchaytirish borasida fikrlar bildirib oʻtdilar.
Seminar davomida talabalarga tavsiya etilgan asarlar roʻyxati taqdim etilib, interaktiv muhokamalar tashkil etildi.
Mazkur tadbir kitobxonlikni targ‘ib qilish, o‘quvchi-yoshlarni mustaqil fikrlash va o‘z ustida ishlashga undashda muhim qadam bo‘ldi.