Kelajak sari qadam: Parul va NamDPI strategik hamkorlik Memorandumi
05.06.2025 14:27:09 4
Namangan davlat pedagogika instituti delegatsiyasi vakillari Hindistonning Parul universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ikki oliy taʼlim o'rtasida ilmiy, madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash borasida hamkorlik memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum ikki tomonlama almashinuv dasturlari, qo‘shma tadqiqot loyihalari, o‘qituvchilar va talabalar malakasini oshirish, hamda global akademik sheriklikni mustahkamlash,
ilmiy tadqiqotlar amalga oshirish, birgalikda ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, madaniy-gumanitar aloqalarni kuchaytirish va boshqa dolzarb yo'nalishlardagi masalalarga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Shuningdek, delegatsiya a'zolari hindistonlik yoshlarni NamDPIga jalb qilish istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi.
Tashrif davomida institut vakillari universitet fakultetlari, ilmiy laboratoriyalari, kutubxonalar faoliyati hamda xalqaro talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Malumot uchun, Parul universiteti Hindistonning yetakchi oliy ta'lim muassasalaridan biri bo'lib, axborot texnologiyalari, muhandislik, me'morchilik, huquqshunoslik, tibbiyot, qishloq xo'jaligi, tijorat, biznes ma'murchiligi va boshqa yo'nalishlarda 200 dan ortiq o'quv dasturlarini taklif qiladi. Hozirda mazkur universitet bitiruvchilari "Google", "Facebook", "Amazon" va boshqa yirik xalqaro tuzilmalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.