English English English

Namangan davlat pedagogika instituti talabalarining “Ona tabiatni asraylik!” shiori ostidagi sayohati

  14.05.2025 16:12:51    4


Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti tyutori Muhlisa Ruzimatova boshchiligida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan birgalikda “Ona tabiatni asraylik!” shiori ostida Namangan shahridagi Bobur nomidagi istirohat bog‘iga sayohat uyushtirildi.


Namangan davlat pedagogika instituti talabalarining “Ona tabiatni asraylik!” shiori ostidagi sayohati


Sayohat davomida talabalar turli xil gullardan bahramand bo‘lib, bog‘da gul ekayotgan xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatishdi. Shuningdek, tarixiy ma’lumotlar asosida gullarning madaniy va siyosiy ramz sifatidagi o‘rni haqida suhbatlar olib borildi.

Ta’kidlanishicha, dunyoning ayrim davlatlari o‘rtasidagi mojarolar va o‘zgarishlar ba’zida gul nomlari bilan ataladi. Shu bois, O‘zbekistonda nomi gul bilan bog‘liq bo‘lgan shaharlar qatorida Namangan shahri ham o‘ziga xos ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Ushbu sayohat talabalarda tabiatga mehr va hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi.


Namangan davlat pedagogika instituti talabalarining “Ona tabiatni asraylik!” shiori ostidagi sayohati Namangan davlat pedagogika instituti talabalarining “Ona tabiatni asraylik!” shiori ostidagi sayohati Namangan davlat pedagogika instituti talabalarining “Ona tabiatni asraylik!” shiori ostidagi sayohati