Bilimlar tajribada
22.09.2025 08:28:24 31
Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o’qituvchilari A. Qambarov, A. Abdullayev, B. Ataxanov, Sh. Sharobiddinov, Z.Omonovalar Tarix va Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabalari uchun 4+2 amaliyotini tashkil etish maqsadida Mingbuloq tuman 5-maktab, Chortoq 50-maktab, Uychi 26-maktab, Namangan shahar 43-maktab, 31-maktab, 13-maktablarga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalarga maktabning ichki tartib-qoidalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ular maktab tarix va huquq va tarbiya fani o'qituvchilariga biriktirilib, amaliy faoliyat jarayoniga yo‘naltirildi.
Ushbu amaliyot talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim jarayonini chuqur o‘rganish hamda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy tajriba orttirishda muhim ahamiyat kasb etadi.