Talabalarning pedagogik mahorati sinovda
10.10.2025 10:23:55 10
Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Xamidova tomonidan 4+2 malakaviy amaliyot jarayonini o‘rganish maqsadida Namangan shahridagi 20-umumta’lim maktabida monitoring o‘tkazildi.
Tashrif davomida BTS-DU-22 guruhi 4-bosqich talabalari olib borayotgan dars mashg‘ulotlari kuzatildi.
Ularning:
➡️ darsni tashkil etish sifati,
➡️ o‘quvchilarga yondashuv uslubi,
➡️ metodik materiallardan foydalanish ko‘nikmalari,
➡️ hujjatlarni yuritish madaniyati atroflicha tahlil qilindi.
Ustoz tomonidan talabalarga zarur tavsiyalar berilib, ularning amaliyot davomida namoyon etayotgan pedagogik salohiyati ijobiy baholandi.
Amaliyot jarayoni belgilangan reja asosida izchil davom etmoqda.