QO‘RIQLASH BOSHQARMASIDA NAVBATDAGI MA’NAVIYAT VA AXBOROT SOATI O‘TKAZILDI
29.09.2025 09:49:03 16
Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun reja-grafik asosida online va offline tartibda navbatdagi ma’naviyat va axborot soati o‘tkazildi.

Ma'naviyat va ma'rifat soatida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Namangan davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Ramziddin Tursunov tomonidan "Ustozga ta'zim va ehtirom" mavzusi bo'yicha ma'lumotlar berildi hamda yakunda boshqarma rahbariyati tomonidan doimiy hamkorlik uchun maxsus tashakkurnoma topshirildi.