Pedagoglarning bilim va malaka ko’nikmalari baholanmoqda
25.04.2025 09:23:54 17
Respublikamiz bo‘ylab akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malaka toifasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Test sinovlarida 6457 nafar pedagoglarning ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Test sinovlari 14 ta oliy ta’lim muassasalarida markazlashgan holda tashkil etilgan bo’lib, jarayonlar mas’ullar tomonidan to‘liq videokuzatuv ostida ochiq va shaffof o‘tkazilishi ta’minlanmoqda.
Test sinovi jarayonlari onlayn translyatsiya qilib borilmoqda.