Maktab bitiruvchilari Namangan davlat pedagogika institutida
21.05.2026 13:42:26 4
Kosonsoylik bitiruvchilar Namangan davlatv pedagogika institutida ta'lim yo‘nalishlari va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishishdi.
Kosonsoy tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 54-maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari institutga "ochiq eshiklari" kuni doirasida tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida institutda mavjud xizmat turlari, ta'lim yo'nalishlari va talabalar uchun barcha qulaylik va imkoniyatlar bilan tanishishdi. Bitiruvchilar institutning "Art galareya" muzeyi, axborot-resurs markazi, labaratoriya xonalaridagi kerakli anjom va reaktorlarni ko'rishdi, jumladan ular yordamida kimyoviy reaksiyalarni amalda tajriba sinovi qilib ko'rishdi. Undan tashqari ma'ruza bo'lib o'tadigan zallar hamda "Kelajak o'qituvchisi" markazidagi qulayliklar bilan yaqindan tanishdi. Bitiruvchilarni hayratda qoldirgan holatlardan biri "Renesans zali" ga kirganda bo'ldi desak mubolag'a qilmaymiz. Kosonsoylik mehmonlarimiz institutga qiziqishlari ortib ular Namangan davlat pedagogika institutiga o'qishga hujjat topshirishlarini aytib o'tishdi.