SIYOSIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH YO‘LIDAGI BIRDAMLIK
19.10.2025 11:10:19 15
Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Namangan viloyat Kengashi bilan hamkorlikda "Partiya va yoshlar" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda “Adolat” SDP viloyat Kengashi rais o‘rinbosari Y.Xajimatova, viloyat Kengashining axborot siyosati masalalar bo‘yicha rais maslahatchisi Sh.No‘monov, institutning pedagogika fakulteti tyutorlari B. Ergashev, G. Yuldasheva hamda talabalar ishtirok etishdi.
Davra suhbatida yoshlarda siyosiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning faolligini oshirish hamda “Adolat” SD partiyasining yoshlar bilan ishlash strategiyasini hayotga tadbiq etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Qizg‘in munozaralarga boy o‘tgan davra suhbatida savol-javoblarda faol bo'lgan talabalarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.