Ekologik tafakkur – yoshlar nigohida
19.09.2025 15:52:35 5
Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Nabijonov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Namangan viloyat kengashi raisi M.Xudoyberdiyev, Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti M.Qoriyev hamda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar qatnashdi.
Muloqot chog‘ida yoshlarning dolzarb muammolari, orzu-intilishlari, taklif va tashabbuslari atroflicha muhokama qilindi. Partiya vakillari yoshlar bilan bevosita suhbatda bo‘lib, ularning g‘oyalari va tashabbuslarini qayd etishdi.
Shuningdek, suhbat davomida ekologik tafakkurni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda tabiatni asrash masalalari alohida e’tiborga olindi.