Namangan davlat pedagogika institutida "NamDPI Olimpiadasi" o'tkazildi.
29.04.2025 10:43:10 2
Viloyatdagi umumiy o’rta ta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilari o’rtasida iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodlilarini aniqlash, ilmga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otish, ulardagi ijodiy qobiliyatlarning ro’yobga chiqishiga ko’maklashish va qo’llab-quvvatlash maqsadida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha "NamDPI olimpiadasi" o'tkazildi.

Olimpiadaning ochilish qismida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Murodxon Qodirxonov so'zga chiqib, barcha o'quvchi-yoshlarga oldinda turgan bellashuvlarda omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Dastlab olimpiadaning viloyat bosqichi bo'lib o'tdi hamda unda olimpiadaning tuman-shahar bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan 50 nafardan ortiq o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi hamda o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.